Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oslo Ukraina energetika sohasini qo‘llab-quvvatlash uchun 100 mln yevro ajratadi
Mablag‘larning bir qismi Xarkiv viloyatida elektr ta’minotini tiklash uchun sarflanadi, deya ma’lum qildi Norvegiya. Bosh vazir Yonas Gar Styore Rossiya Federatsiyasi Ukraina energetika quvvatining yarmini yo‘q qilganini eslatdi.
Norvegiya hukumati Ukrainaning energetika infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash uchun 1,1 milliard krona (96 million yevrodan ortiqroq) mablag‘ ajratadi. «Rossiya elektr tarmoqlarini falaj qilish uchun keng ko‘lamli, tizimli hujumlarni amalga oshirmoqda, biroq ukrainaliklar aholi uchun zarur elektr ta’minotini ta’minlash maqsadida kecha-yu kunduz ishlamoqda», — dedi Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore 16 iyun, yakshanba kuni.
Norvegiya hukumati bayonotida ta’kidlanishicha, Rossiya Federatsiyasi Ukrainaning elektr stansiyalari va boshqa muhim infratuzilmalarini bombardimon qilish orqali uning chidamliligini susaytirmoqchi bo‘lib, qo‘shni davlat energiya salohiyati 50 foizdan ortig‘ini yo‘q qilgan.
Mablag‘larni sarflash masalasida Ukraina bilan muloqot
Styore so‘zlariga ko‘ra, uning hukumati taqdim etilgan mablag‘lardan eng samarali foydalanish masalasida Kiyev bilan yaqindan muloqot qilmoqda. «Ukrainaliklarning o‘zi nima kerakligini yaxshi tushunadi, ammo qishdan oldin infratuzilmani tiklash bo‘yicha ishlarni boshlash juda muhim, Norvegiya yangi moliyaviy yordami Ukrainadagi zararni qisman yumshatadi va elektr ta’minotini kafolatlaydi», deb ta’kidladi u.
Mablag‘lar bir qismi BMT Taraqqiyot dasturi orqali Xarkiv viloyatidagi energetika infratuzilmasini ta’mirlashga, tug‘uruqxonalar va yettita shifoxonaning operatsiya xonalarida barqaror elektr ta’minotiga yo‘naltirilishi kutilmoqda.
Ukrainani tiklash bo‘yicha uchinchi konferensiya
11-12 iyun kunlari Berlinda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, Germaniya kansleri Olaf Shols, shuningdek, 60 ta davlatdan yana ikki mingga yaqin ishtirokchi – siyosatchilar, xalqaro tashkilotlar vakillari, biznes vakillari ishtirokida Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya davomida Ukrainani tiklash bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirishga oid 100 dan ortiq shartnomalar tuzildi. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining harbiy tajovuzidan Ukrainaga yetkazilgan zarar kamida 486 milliard dollarni tashkil etadi. Shunga o‘xshash konferensiyalar 2022 yilda Shveytsariyaning Lugano shahrida va 2023 yilda Londonda bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025