O‘zbekistondan Rossiyaga mehnat muhojirlari oqimi qisqarishi mumkin
Hozir O‘zbekistonda qurilish sohasi jadal rivojlanayotgani, ayrim obektlardagi ish haqi Rossiyadagi maosh bilan raqobatlasha olishi aytildi.
O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bo‘lim boshlig‘i Alisher Ro‘ziyev kelajakda Rossiyaga mehnat muhojirlari oqimi kamayishi mumkinligini inkor etmadi, deb yozadi «Kommersant’».
Qayd etilishicha, u hozirda O‘zbekistonda qurilish sohasi jadal rivojlanayotganini, ayrim obektlardagi ish haqi Rossiya Federatsiyasidagi ish haqi bilan raqobatlasha olishini ta’kidlagan.
«Bugun O‘zbekistonda qurilish ishlari jadalligi kuzatilmoqda va tabiiyki, bizning ish haqi Rossiya Federatsiyasidagi ayrim obektlar bilan teng... Shu bois, bu vaziyatda Rossiya Federatsiyasiga ketayotgan fuqarolarimiz soni kamayishi uchun tendensiya bo‘lishi mumkin», — dedi u Ro‘ziyev mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan videokonferensiya doirasida.
Alisher Ro‘ziyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi ba’zi yirik qurilish obektlarida qurilish ishchilari oyiga 500-600 dollar atrofida maosh oladi. «Shunga ko‘ra, endi bunday ish haqi uchun Rossiya Federatsiyasiga borish manfaatli emas», deya qo‘shimcha qildi u.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bo‘lim boshlig‘i, shuningdek, so‘nggi ikki yilda agentlik fuqarolarni xorijda ish bilan ta’minlash geografiyasini, xususan, Yevropada ishchi kuchiga bo‘lgan talab tufayli sezilarli darajada kengaytirganini ta’kidladi.
Iyun oyi boshida O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov so‘nggi sakkiz yil ichida Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari soni 4-6 milliondan 1 millionga kamayganini bildirgan edi. May oyining oxirida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham shunday raqamni keltirdi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya muhojirlarning iqtisodiy taraqqiyotga qo‘shayotgan hissasini qadrlaydi va ularga munosib mehnat sharoiti yaratish uchun barcha zarur ishni qilmoqda.
Mavzuga oid
13:30
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
15:10 / 09.11.2024
Rossiyada kartoshka va sariyog‘ narxi ko‘tarilishda davom etmoqda
14:30 / 09.11.2024
Zelenskiy RF bilan xavfsizlik kafolatlarisiz sulh tuzishni rad etdi
13:49 / 09.11.2024