Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya «SVR» rahbari: Ukraina uchun yangi tinchlik shartlari yanada qattiqroq bo‘lishi mumkin
Sergey Narishkin Armanistonda Amerika harbiy bazalarini yaratish imkoniyatlari haqida ham gapirdi.
Ukraina uchun tinchlik shartnomasi tuzishning keyingi shartlari, agar ular Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan ilgari surilgan taklifni rad etsa, yanada murakkab va qattiqroq bo‘ladi. Bu haqda TASS agentligiga bergan intervyusida Rossiya Federatsiyasi Tashqi razvedka xizmati («SVR») direktori Sergey Narishkin ma’lum qildi.
«Tinchlikka erishish va qandaydir tinchlik bitimi imzolanishi mumkin bo‘lgan keyingi shartlar Ukraina uchun qiyinroq va qattiqroq bo‘ladi», dedi u yangi tinchlik taklifi rad etilsa, Ukraina bilan nima bo‘ladi, degan savolga javob berib.
Rossiya razvedka xizmati rahbari Armanistonda Amerika harbiy bazalarini yaratish imkoniyatlari haqida ham gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston hududida bunday obektlarning paydo bo‘lish ehtimoli haqida gapirishga hali erta.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025