O‘zbekiston | 12:54 / 19.06.2024
15392
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda odam o‘limiga sabab bo‘lgan talaba Yoshlar ittifoqi kafilligi ostida sud zalidan ozod qilindi

Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzib, odam o‘limiga sabab bo‘lgan talaba “jinoyatni ehtiyotsizlik oqibatida sodir etgan” deb topilgan va 7 yilgacha qamoq jazosi berilishi o‘rniga sud zalidan ozod qilingan.

Jizzax viloyati Zarbdor tumanida odam o‘limiga sabab bo‘lgan talaba Yoshlar ittifoqi kafilligi ostida sud zalidan ozod qilingan. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Zarbdor tuman sudida Zomin tumanida yashovchi, 23 yoshli X.U.ga tegishli jinoyat ishi bo‘yicha sud majlisi bo‘lib o‘tgan.

U.X. Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish oqibatida odam o‘limiga sababchi bo‘lish) bilan ayblangan.

Qayd etilishicha, sudda U.X. sodir etgan jinoyat ishi ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqqani, qilgan ishidan pushaymonligi, muqaddam sudlanmagani, OTM talabasi ekani hisobga olingan.

Insonparvarlik, bag‘rikenglik va odillik tamoyillariga tayanib, Yoshlar ittifoqi kafilligi asosida X.U.ga qonun doiraisda yengillik berildi. X.U.ning xulqi va tarbiyasi bir yil davomida Yoshlar ittifoqi nazoratida bo‘ladi va uning ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid