Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiyaning yadroviy doktrinasi o‘zgarishi mumkinligini aytdi
Rossiya prezidenti buni G‘arb davlatlari hozir «o‘ta kam quvvatli portlovchi yadroviy qurilmalar»ni ishlab chiqayotgani bilan izohladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat hozircha ogohlantiruvchi yadroviy zarba berish imkoniyatiga muhtoj emasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yadroviy doktrinadagi o‘zgarishlar haqida o‘ylamoqda. Putin Rossiya xavfsizlik sohasidagi global o‘zgarishlarga e’tibor qaratayotganini qo‘shimcha qildi.
«Biz hozir yadro doktrinasida nimani o‘zgartirish mumkinligi haqida o‘ylayapmiz. Har holda, biz ehtimoliy dushman buning ustida ish olib borayotganini, yadro qurolidan foydalanish chegarasini pasaytirish bilan bog‘liq yangi elementlar ustida ishlayotganini bilamiz», dedi Putin.
Rossiya rahbari so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari hozir «o‘ta kam quvvatli portlovchi yadroviy qurilmalar»ni ishlab chiqmoqda. Putinning ta’kidlashicha, G‘arb ekspertlari bunday qurollardan foydalanishni maqbul deb bilishadi va doktrinani o‘zgartirish ehtimoli aynan shu bilan bog‘liq.
Avvalroq, NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg alyans «dushmanlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri signal» berish uchun o‘zining yadroviy arsenalini dunyoga namoyish qilishi kerakligini aytgan edi. Uning qo‘shimcha qilishicha, NATO maqsadi - yadroviy qurolsiz dunyo. Kreml Stoltenbergning so‘zlarini «keskinlikning kuchaytirilishi» deb atadi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025