Mo‘g‘uliston prezidenti O‘zbekistonga keldi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 23-26 iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi.
Bugun, 23 iyun kuni Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqasi Luvsandorj Bolorsetseg hamrohligida mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Bosh vazir matbuot xizmati xabar berishicha, Toshkent xalqaro aeroportida Oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Qisqa suhbatdan so‘ng, Mo‘g‘uliston prezidenti va uning turmush o‘rtog‘i tashrif dasturidan o‘rin olgan navbatdagi manzilga jo‘nab ketdi.
Oliy martabali mehmon tashrifining dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi.
Xususan, kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqot va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini oshirish, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, yengil sanoat, sog‘liqni saqlash, transport, logistika va boshqa yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish rejalari o‘rin olgan. Shuningdek, madaniy-gumanitar va turizm aloqalarini faollashtirishga qaratilgan qo‘shma chora-tadbirlar muhokama qilinadi. Xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Sammit yakunlari bo‘yicha hukumatlararo va idoralararo hujjatlar to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.
Davlat tashrifi doirasida prezidentlarning ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari va ishbilarmon doiralar vakillari bilan uchrashuvi hamda qator boshqa ikki tomonlama tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Xiva shahriga ham tashrif buyurib, xalq boy madaniy-tarixiy merosi bilan tanishadi.
Mavzuga oid
16:00 / 23.11.2024
“Prezidentimiz, odamlar ko‘chishga rozimi-rozimasmi, dedilar” – Abdulla Aripov Boysunda bo‘lib qaytdi
08:50 / 22.11.2024
200 mingdan ortiq fuqaro iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga ishga yuborilishi mumkin
12:08 / 20.11.2024
Abdulla Aripov bosh vazir lavozimiga qayta tasdiqlandi
18:33 / 04.11.2024