O‘zbekiston | 12:41 / 25.06.2024
1986
2 daqiqa o‘qiladi

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari uchun mablag‘larni qaytarish muddati bir yilga uzaytirildi

Vazirlar Mahkamasining “Ichki iste’mol bozorini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 oktyabrdagi 627-son qaroriga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishda tadbirkorlik sub’yektlarini aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 32,8 mln AQSh dollari ekvivalentida milliy valutada hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi 200 mlrd so‘m miqdordagi mablag‘larni foizsiz depozitga joylashtirishi uchun ajratdi. Ushbu mablag‘lar tijorat banklariga ularning so‘rovlariga asosan 2022 yil 1 iyulga qadar qaytarilishi kerak.

Hujjat bilan 627-son VMQga o‘zgartirish kiritilmoqda, unga asosan qaytarish muddati 2025 yil 1 iyulga qadar uzaytirildi.

Belgilanishicha, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining foizsiz depozitlari hisobidan kreditlar tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlariga likvidli garov ta’minoti asosida o‘simlik yog‘i, kartoshka, guruch, shakar xomashyosi, go‘sht (mol, qo‘y, parranda go‘shti), muzlatilgan baliq importi uchun yillik 4 foiz stavkada ajratiladi.

Mavzuga oid