Jamiyat | 07:28 / 25.06.2024
8744
1 daqiqa o‘qiladi

Chirchiqda Spark kanalga tushib ketdi

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida ayol haydovchi boshqaruvni yo‘qotgani oqibatida Spark suvga tushib ketdi.

Foto: Videodan kadr

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida Spark avtomashinasi suvga tushib ketdi. Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi

Chirchiq shahar Iqbol mahallasi hududida 1971 yilda tug‘ilgan ayol (haydovchi D.M.) Spark mashinasida orqaga harakatlanayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib suvga tushib ketgan. 

Mazkur jarayonda ishtirok etgan barcha fuqarolar shahar FVB xodimlari bilan hamkorlikda qutqarib olingan. 

Voqeada tan jarohati olganlar yo‘q. Avtomashina suvdan olib chiqildi. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Mavzuga oid