O‘zbekiston | 07:46 / 25.06.2024
1299
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 40 ta ratsiyadan tegishli ruxsatnomasiz foydalanganlarga chora ko‘rildi

Fuqarolarga nisbatan MJtKning 152-moddasi 1-qismiga asosan jazo chorasi qo‘llandi.

Foto: O‘zkomnazorat

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi hamda “EMMM” DUKning xodimlari tomonidan iyun oyida Toshkent shahrida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi. 

“O‘zkomnazorat” xabariga ko‘ra, tadbirlarda 5 nafar fuqaro jami 40 ta ratsiyadan tegishli ruxsatnoma rasmiylashtirmasdan foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.

Ushbu huquqbuzarlik sabablari inspeksiya Toshkent shahar hududiy bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqilib, fuqarolarga nisbatan MJtKning 152-moddasi (radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibini buzish) 1-qismiga asosan jazo chorasi qo‘llandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid