Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
Toshkentning Yunusobod va Sergeli tumanlarida “svet” vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” xabar berdi.
Bunga iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish sabab bo‘ladi.
Shu bois bugun, 25 iyun kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Yunusobod tumani: “Katta Hasanboy”, “Tiklanish” va “Qashqar” MFY hamda Markaz 4-mavzesining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 12:00 gacha;
- Sergeli tumani: “Madaniyat” MFYning ayrim hududlarida bugun soat 09:00 dan 17:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
08:52 / 27.05.2025
1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi
11:16 / 24.05.2025