Isroil sudi ultra-ortodoksal talabalarni armiyaga chaqirish haqida qaror chiqardi
Isroil Oliy sudi hukumatga ultra-ortodoksal yahudiylarni umumiy asosda harbiy xizmatga chaqirishni buyurdi. Isroil matbuoti sud qarorini «tarixiy» deb atadi.
Isroil Oliy sudi 25 iyun, seshanba kuni bir ovozdan qabul qilingan qaror bilan hukumatga o‘ta ortodoksal yahudiylarni armiyaga chaqirishni buyurdi, mamlakatda endi buni kechiktirish va ularni boshqa chaqiriluvchilardan ajratish uchun qonuniy asos yo‘q. The Times of Israel sud qarorini «tarixiy» deb atadi: u «o‘nlab yillar davom etgan» jamoatchilik muhokamasiga nuqta qo‘ydi.
Sud qarorida aytilishicha, hukumat endi iyeshiva (diniy maktablar) talabalarini harbiy xizmatdan ozod qilish huquqiga ega emas va ultra-ortodoksal yahudiylar 1986 yilda qabul qilingan Armiya xizmati to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, umumiy asosda chaqirilishi kerak.
Sud, shuningdek, davlatga harbiy xizmatdan ozod qilinmaganlar uchun iyeshivada ta’lim olishini moliyalashtirishni to‘xtatishni buyurdi.
Ultra-ortodoksal partiyalar sud qarorini tanqid qilmoqda
Bosh vazir Binyamin Netanyahu koalitsion hukumatidagi o‘ta ortodoksal partiyalar vakillari Oliy sud qarorini qattiq tanqid qildi, deb yozadi The Times of Israel. ShAS partiyasi raisi Are Deri Tavrot - «Isroilning barcha dushmanlarga qarshi yashirin quroli» ekanligini va «dunyodagi hech bir kuch» yahudiy xalqining uni o‘rganishiga to‘sqinlik qila olmasligini aytdi.
O‘ta ortodoksal partiyalarning keskin noroziligi hukmron koalitsiya parchalanishiga tahdid solmoqda, deb yozadi «Isroil yangiliklari» portali.
Netanyahu hukumati iyeshiva talabalari uchun kechiktirishni uzaytiradi
2017 yilda Oliy sud ultra-ortodoksallarni armiyaga chaqirmaslikka ruxsat beruvchi qonunni bekor qildi, biroq Binyamin Netanyahu hukumati maxsus farmonlar orqali ular uchun kechikishlarni muntazam ravishda uzaytirdi. Hukumat nazariy jihatdan bunday farmonlarni qayta qabul qilishi mumkin bo‘lsa-da, buni amalga oshirish «siyosiy jihatdan qiyin» bo‘ladi, chunki Netanyahuning «Likud» partiyasidan bir necha qonun chiqaruvchilar buni qo‘llab-quvvatlamasliklarini aytishgan, deb yozadi The Times of Israel.
Mavzuga oid
10:45 / 09.11.2024
Livan: Isroilning UNIFIL va Livan armiyasi harbiylariga hujumlari urush jinoyatlari hisoblanadi
17:40 / 08.11.2024
«Makkabi» muxlislari Amsterdamda Falastin bayrog‘ini yoqib, tartibsizlik keltirib chiqarishdi va so‘ng taksichilar taqibiga uchrashdi
17:32 / 08.11.2024
Netanyahu mudofaa vazirini bo‘shatdi: bu g‘alayonlarga sabab bo‘lmoqda
14:13 / 08.11.2024