Jahon | 22:30 / 26.06.2024
6581
1 daqiqa o‘qiladi

Komi respublikasida Vorkuta – Novorossiysk yo‘lovchi poyezdi vagonlari ag‘nadi

Rossiyaning Shimoliy temiryo‘llariga qarashi Komi respublikasidagi Inta-1 – Ugolniy oralig‘ida 511-raqamli Vorkuta – Novorossiysk yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezd tarkibining 9 ta vagona temir izdan chiqib ketib ag‘nagan.

Voqea joyidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosurat.

Poyezdda 200 dan ziyod yo‘lovchi bo‘lgan. Kamida 70 yo‘lovchi jabrlangani aytilmoqda. Ularning ayrimlari tanasining turli qismlari shisha siniqlaridan kesilishi tufayli, shuningdek, stol va polkalarga urilishdan jarohatlanishgan.

Hozircha hodisa tufayli halok bo‘lganlar yo‘qligi ma’lum qilinmoqda.

Poyezd ag‘nagan joyga yetib borishi qiyinligi tezkor tibbiy yordam ko‘rsatishni mushkullashtirmoqda.

Yo‘lovchilardan besh nafarining ahvoli og‘irligi aytilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, poyezdning izdan chiqib ketishiga sabab kuchli yomg‘irlar tufayli temir yo‘l yotqizmasining asosi yuvib ketilgani deyilmoqda.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid