Past Darg‘om tumaniga yangi hokim tayinlandi
2023 yildan buyon tumanga rahbarlik qilgan Vahob Murotqobilov lavozimdan ozod etildi. Narpay hokimi lavozimida ishlagan Sherzod Rahmonov Past Darg‘om tumanini boshqaradigan bo‘ldi.
Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani hokimligida xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.
2023 yildan buyon tumanga rahbarlik qilgan Vahob Murotqobilov o‘z arizasiga ko‘ra tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.
Sessiyada deputatlar tomonidan Sherzod Rahmonov nomzodi Past Darg‘om tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Sherzod Rahmonov 1991 yilda Samarqand viloyati, Narpay tumanida tug‘ilgan.
U mazkur tayinlovga qadar Narpay tumani hokimi lavozimida ishlagan.
Bundan oldin Sherbek Bo‘ronov Narpay tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangandi.
U 2021 yildan buyon Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining a’zosi hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:11 / 18.08.2024
Samarqandda pul evaziga qarzdorlikni yopib bermoqchi bo‘lgan tuman gaz idorasi xodimi ushlandi
17:17 / 11.09.2023
Sherzod Rahmonov Narpay tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi
09:20 / 05.12.2022
Past Darg‘omda keksa nogiron ayolni nomusiga tegib, o‘limiga sabab bo‘lgan “manyak”ka hukm o‘qildi
23:03 / 14.11.2022