O‘zbekiston | 17:17 / 11.09.2023
10395
1 daqiqa o‘qiladi
Sherzod Rahmonov Narpay tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi
Tuman hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib borayotgan Sherzod Rahmonov Narpay tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Narpay tumani xalq deputatlari kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov ishtirok etdi.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, sessiyada Erkin Turdimov so‘zga chiqib, tumanda olib borilayotgan ishlar, sektor rahbarlari va tuman tashkilotlari rahbarlari oldida turgan navbatdagi vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.
Sessiyada deputatlar tomonidan tuman hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib borayotgan Sherzod Rahmonov Narpay tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Sherzod Rahmonov 2020 yilning noyabr oyi oxirlarida tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.