Jamiyat | 15:48 / 27.06.2024
5454
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida mayning ferma tashkil etganlar aniqlandi

Toshkent viloyatida mayning ferma tashkil etgan shaxslar aniqlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chirchiq va Ohangaron shahri bo‘limlari tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazildi.

Unda, fuqarolar N.R., A.T. va boshqalar “Umid” hamda "O‘nqo‘rg‘on" MFY hududidagi xonadonlarda 19 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarni umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga ulab, jami 105,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid