Iyul oyida Axbor Imomxo‘jayev xotira turniri bo‘lib o‘tadi
Turnirda Kun.uz jamoasi ham ishtirok etadi.

2023 yil iyulida o‘zbek futbol jurnalistikasi asoschisi Axbor Imomxo‘jayevni xotirlab, uning izdoshlari tomonidan futbol musobaqasi tashkil etilgandi. Bu turnirda jurnalistika sohasi vakillari ishtirok etgandi.
2 iyul — xalqaro sport jurnalistlari kuni butun dunyoda keng nishonlanadi. Imomxo‘jayevlar sulolasi aynan shu sana atrofida an’anaviy tarzda xotira turniri tashkil etishni maqsad qilgan. Mamlakatda futbol mavsumi 6 iyul kuni tanaffusga chiqadi. Tanaffusning ilk kunida esa ikkinchi bor Axbor Imomxo‘jayev xotira turniri bo‘lib o‘tadi.
Turnirda Kun.uz xodimlaridan iborat jamoa ham ishtirok etadi.
Axbor Imomxo‘jayev mamlakat futboli rivojiga katta hissa qo‘shgan. U o‘z vaqtida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida faoliyat olib borgan, futbol hakamligida o‘ziga xos yutuqlarga erishgan, Liga uchrashuvlarida komissar sifatida ishlagan, matbuot, radio, televideniyeni bu insonsiz tasavvur qilish qiyin edi. Qahramonimiz 80 yoshdan oshgan vaqtida ham sog‘lom turmush tarizini targ‘ib qilishda davom etdi hamda «Tong» faxriylar jamoasi safida muntazam — haftada uch bor futbol o‘ynagan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
Mavzuga oid

11:45 / 11.07.2024
Kun.uz jamoasi Axbor Imomxo‘jayev xotira turnirida kumush medalni qo‘lga kiritdi

11:20 / 10.07.2024
Kun.uz Axbor Imomxo‘jayev xotira turniri finaliga yo‘l oldi - fotojamlanma

13:45 / 09.07.2024
Yaqin o‘tmish yulduzlari, sharhlovchilar va jurnalistlar maydonda. Axbor Imomxo‘jayev xotira turniridan suratlar

13:11 / 08.07.2024