O‘zbekistonda ikki oyda qariyb 1200 ta oilaviy bog‘cha tashkil etildi
May-iyun oylarida respublika bo‘yicha eng ko‘p oilaviy bog‘cha Namangan viloyatida tashkil etilgan – 206 ta.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi may-iyun oylarida respublika bo‘yicha tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari haqida ma’lumot berdi.
Ushbu muddatda mamlakatda umumiy hisobda 1 155 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etilgan. Eng ko‘p bog‘cha Namangan viloyatida ochilgan – 206 ta. Farg‘ona viloyatida 189 ta, Samarqand viloyatida esa 141 ta oilaviy bog‘cha tashkil etilgan.
Ushbu muddatda eng kam oilaviy bog‘cha tashkil etilgan hudud esa Qashqadaryo viloyati – 21 ta. Xorazm viloyatida 22 ta, aholi nisbatan kam yashaydigan hududlar – Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida mos ravishda 37 ta va 63 ta oilaviy bog‘cha ochilgan.
Tumanlar kesimida Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on va Uychi tumanlari yetakchilik qilgan: ushbu hududlarda mos ravishda 36 ta va 35 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etilgan.
Mavzuga oid
21:42 / 04.09.2024
Maktablarning bo‘sh yerlarida DXSh asosida bog‘cha qurishga ruxsat beriladi
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
18:44 / 20.06.2024
Jizzaxda bolalarni shippak bilan urgan tarbiyachi ishdan olindi
14:59 / 05.06.2024