Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Parlament assambleyasini tark etdi
Rossiya Federatsiyasining senati - Federatsiya kengashi va Davlat Dumasi Rossiya delegatsiyasining Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)ning Parlament assambleyasida ishtirokini to‘xtatish to‘g‘risida bayonot qabul qildi.
«Rossiya senatorlari va Davlat dumasi deputatlari Rossiya Federatsiyasi Federal kengashi delegatsiyasining YeXHT parlament assambleyasida ishtirok etish, shuningdek YeXHT PA budjetiga badallar to‘lashni asosli va qonuniy deb hisoblaydi», — deya iqtibos keltirmoqda «RIA Novosti» Rossiya parlamentini har ikki palatasi bayonotidan.
Bayonotda qayd etilishicha, ishtirok to‘xtatilgan davrda YeXHT PAning «Rossiya delegatsiyasiga ziyon yetkazish» maqsadidagi har qanday harakatlari va qoida o‘zgarishlari yuridik tomondan ahamiyatsiz deb sanaladi.
Avvalroq Rossiya parlamentining qo‘yi palatasi — Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin Rossiya YeXHT PA doirasida o‘z pozitsiyasini aytishga ruxsat berilmayotganiga toqat qila olmasligi, ortiq «bu jinlar bazmini moliyalashtirmasligi»ni aytgan edi. Bu qaror uchun u mas’uliyatni «Vashington va Bryussel» zimmasiga yuklagan. O‘z navbatida, Rossiyaning YeXHT PAdagi delegatsiyasi raisi Pyotr Tolstoy bu maydonchadagi muloqot «amalda yakunlangani», barcha muhokamalar «ochiqcha rusofob xarakterda» ekanini ta’kidlagan edi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025