Rishtonda IIB xonasiga olib kirilgan fuqaro hushini yo‘qotib, reanimatsiyaga yotqizildi
33 yoshli haydovchi yo‘lning harakatlanish mumkin bo‘lmagan qismida avtomobil boshqargani ortidan, ichki ishlar xodimlari bilan janjallashib qolgan. Xodimlar unga nisbatan elektroshoker qo‘llab, xizmat xonasiga olib borgan, u yerda fuqaro hushini yo‘qotib, shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Kecha, 4 iyul kuni Farg‘ona viloyati Rishton tumanida IIB xodimlari va haydovchi o‘rtasida janjal kelib chiqdi.
Haydovchi yo‘lning harakatlanish mumkin bo‘lmagan qismida mashina boshqargani nizoga sabab bo‘lgan. Janjal asnosida IIB xodimlari haydovchiga elektroshoker qo‘llagan va xizmat xonasiga olib borgan. Lekin bu xonadan fuqaro hushsiz holda, zambilda olib chiqilgan: uni tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizishgan.
5 iyul kunning birinchi yarmi holatiga, fuqaro haligacha o‘ziga kelmagan.
Kun.uz'ga kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, Zohidon qishlog‘ida yashovchi 33 yoshli Ravshan Madaliyev o‘z mashinasini tuman markazidagi asosiy yo‘lga chiqish uchun harakatlanish mumkin bo‘lmagan qismida boshqargan. O‘sha hududda xizmat vazifasini bajarayotgan PPX xodimi haydovchiga chap tomonda harakatlanish mumkin emasligini tushuntirayotgan paytda, o‘zaro janjal kelib chiqqan.
Haydovchi mashinasini yo‘lning boshqa bir qismiga olmoqchi bo‘lganida, xodimlar mashina yo‘lini to‘sib olishgan. Nizo paytida mashinaning old qismi bukilgan.
“IIB xodimlari avval 2 kishi edi. Keyin to‘satdan ko‘pchilik bo‘lib ketishdi. Mashina yo‘lini to‘sib olib, akamning mashinani boshqa yo‘lga olishiga to‘sqinlik qilishdi. Xodimlardan biri akamning qo‘liga elektroshoker ishlatdi. Keyin esa sudrab, xizmat xonasiga olib kirib ketishdi. Bu paytda xodimlardan biri yana boshiga urdi. Akam xizmat xonasiga kirgunicha holati yaxshi edi. Uni xonada ko‘pchilik bo‘lib kaltaklashgan. IIB xonasidan hushsiz holatda chiqdi. Tezkorlik bilan reanimatsiya bo‘limiga olib bordik. Kechadan beri o‘ziga kelmayapti”, deydi voqeaga guvoh bo‘lgan haydovchining jiyani.
Ma’lum qilinishicha, haydovchi Ravshan Madaliyev 2022 yilda avtohalokatga uchrashi oqibatida miyasidan og‘ir jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan.
Murojaatchi, janjal tasvirga tushib qolgan do‘kon kamerasidan barcha kadrlar 5 nafar PPX xodimlari tomonidan, asl holatni yashirish maqsadida o‘chirtirib yuborilganini aytmoqda.
Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati Kun.uz'ga holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
11:20 / 22.11.2024
“Qani deputatlar, nega qaramayapti?” - propan narxidan haydovchilar xavotirda
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:02 / 21.11.2024