Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaliklarning uchdan bir qismi Ukrainaga yadroviy zarba berilishini qo‘llashadi
Rossiya fuqarolarining har uchtasidan bittasi Ukraina bilan urushda yadroviy quroldan foydalanish «o‘zini oqlaydi» deb hisoblar ekan. Bu «Levada-sentr» tomonidan iyun oyida o‘tkazilgan so‘rovlar sog‘ida ayon bo‘lgan.
Sotsiologlarning aniqlagicha, so‘ralganlarning 10 foizi yadroviy zarbani shak-shubhasiz qo‘llab-quvvatlaydi. Yana 24 foiz so‘ralganlar ommaviy qirg‘in qurolidan foydalanishni ko‘proq maqsadga muvofiq deb hisoblashar ekan.
«Levada-sentr» ma’lumotlariga ko‘ra, yadroviy quroldan foydalanishni qo‘llovchilar ulushi so‘nggi bir yil ichida 5 foizga oshgan. Bu esa urush boshlanganidan buyon rekord ko‘rsatkich. Garchi, yadroviy quroldan foydalanishga qarshi bo‘lganlar soni hamon ko‘pchilikni — 52 foizni tashkil qilayotgan bo‘lsa-da, bundaylar soni tobora pasayib bormoqda. 2023 yilning aprelida ommaviy qirg‘in qurolidan foydalanishga qarshilar 56 foiz bo‘lishgan.
So‘rovnomadan ko‘rinishicha, urushda yadroviy quroldan foydalanish tarafdorlarining aksariyati Rossiya televideniyesini muntazam ko‘rib boruvchi, Vladimir Putin siyosatini yoqlovchi pensionerlardir. Masalan, 55 yoshdan katta so‘ralganlar ichida Ukraina bo‘ylab yadroviy zarbani yoqlovchilar ulushi 35 foizni tashkil etsa, axborotni faqat televizordan oluvchilar orasida bundaylarning ulushi 41 foizni tashkil etadi.q
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025