O‘zbekiston | 09:29 / 05.07.2024
3760
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning 5 ta tumani ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

Ta’mirlash ishlari tufayli Chilonzor, Shayxontohur, Yangihayot, Sergeli va Olmazor tumanlarining ba’zi hududlariga 5-iyul kuni soat 17:00 ga qadar tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Hududgaz Poytaxt” xabariga ko‘ra, quyidagi hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

Chilonzor tumani – “Beshyog‘och” MFYdagi 220 ta xonadon, “Katta Olmazor” va “Beshyog‘och” MFYlarda ko‘p qavatli uylardagi 1505 ta xonadon hamda 30 ta ulgurji iste’molchi;

Shayxontohur tumani – Navoiy ko‘chasi joylashgan 8 ta ko‘p qavatli uydagi 240 ta xonadon;

Yangihayot tumani – “Humo” MFYdagi 176 ta xonadon, “Mash’al” MFYdagi 90 ta xonadon hamda 2 ta ulgurji iste’molchi;

Sergeli tumani – “Sofdil” MFYdagi 70 ta xonadon va 3 ta ulgurji iste’molchi;

Olmazor tumani – “Orzu” MFYda joylashgan 5 ta ko‘p qavatli uydagi 237 ta xonadon va 7 ta ulgurji iste’molchi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid