G‘azoda halok bo‘lganlar soni 38 mingdan oshdi
Jarohatlanganlar soni 88 mingga yaqinlashdi.
Isroilning hujumlari natijasida G‘azoda halok bo‘lganlar soni 38 098 kishiga yetdi. Bu haqda G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi 24 soat ichida G‘azo bo‘lgasida qurbonlar soni 29 kishiga ortgan.
Urush boshlangan vaqtdan beri G‘azoda jarohatlanganlar soni esa 87 705 kishiga yetgan.
Ba’zi jarohatlanganlar hamon vayronlar ostida yoki yetib borish mushkul bo‘lgan hududlarda qolib ketmoqda, shu sababdan tez yordam va fuqarolik mudofaa guruhlari ularning yoniga yetib bora olmayapti, deyiladi G‘azo SSV xabarida.
Isroilning G‘azodagi urushi 2023 yil 7 oktyabrida HAMAS tomonidan Isroil hududiga hujum qilinishiga javoban boshlangandi. O‘shanda 1,2 mingdan ortiq isroilliklar halok bo‘lgan, ularning aksar qismini tinch aholi vakillari tashkil etgandi, bundan tashqari 253 kishi garovga olingandi.
Isroil armiyasi G‘azoga bostirib kirishi va aviazarbalar oqibatida sektorning katta qismi vayronaga aylangan.
Mavzuga oid
10:30
Xalqaro sud qarori: Netanyahu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
14:54 / 22.11.2024
Bayden XJSning Netanyahuni hibsga olishga order berishiga munosabat bildirdi
17:37 / 21.11.2024