Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shushada Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlarining noformal sammiti bo‘lib o‘tmoqda
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning tashabbusi bilan tashkillashtirilgan sammitda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston prezidentlari va oliy martabali shaxslar qatnashmoqda.
Noformal sammitdagi oliy darajadagi uchrashuvlarda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ishtirok etmoqda.
Shuningdek, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban kuzatuvchi maqomida qatnashmoqda.
Turkiya Respublikasi nomidan vitse-prezident Javdat Yilmaz ishtirok etmoqda. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Yevropa chempionatining chorak finalidan o‘rin olgan Turkiya–Niderlandiya uchrashuvida shaxsan qatnashish uchun Germaniyaga safar qilgan.
TDTning noformal sammining mavzusi “Transport, o‘zaro bog‘liqlik va iqlim harakati orqali barqaror kelajakni bunyod etish” deb ataladi.
Davlatlarning yetakchilari O‘rta koridorni mustahkamlash masalalari hamda boshqa transport bog‘lamalarini muhokama qilishi kutilmoqda. Shuningdek, Ozarboyjon Respublikasi 11-22 noyabr kunlari BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha cheklovchi konvensiyasi tomonlarining 29-konferensiyasi (COP 29) ga tayyorgarlik ko‘rish ham muhokama etiladi.
Tadbir doirasida bir qator qo‘shma hujjatlar imzolanganidan so‘ng Qorabog‘ deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda.
TDT tashqi ishlar vazirlari kengashi sammit oldidan davlat rahbarlari qatnashadigan tadbirlar va ular tomonidan imzolanadigan hujjatlarni muvofiqlashtirib olishgan.
Mavzuga oid
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
16:21 / 22.05.2025
«Yaqin orada Shimoliy Kiprning Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan kunlarni ham ko‘ramiz» – Erdo‘g‘an
17:07 / 21.05.2025