O‘zbekistonda pensiya oluvchilar soni 4 milliondan oshdi
2024 yilning 1 may holatiga O‘zbekistonda pensiya oluvchilar soni 3 998 966 kishini tashkil qilgandi. Oradan bir oy o‘tib, 1 iyun holatiga pensiya oluvchilar 4 008 597 kishiga yetdi.
O‘zbekistonda pensiya oluvchilar soni 4 mln kishidan oshdi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 1 iyun holatiga Pensiya jamg‘armasi hisobida turib pensiya oluvchi fuqarolar soni 4 mln 8 ming 597 nafarni tashkil qilgan. 2024 yilning 1 may holatiga ular soni 3 mln 998 ming 966 nafar bo‘lgan.
Joriy yilning yanvar-may oylarida 124 184 nafar fuqaroga yangi pensiyalar tayinlangan. Shundan 102 610 nafar fuqaroga yoshga doir, 14 388 nafar fuqaroga nogironlik hamda 7 186 ta oilaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan.
Pensiya oluvchilar soni hududlar kesimida quyidagicha:
- Farg‘ona viloyati – 473 337 nafar;
- Samarqand viloyati – 426 789 nafar;
- Andijon viloyati – 374 667 nafar;
- Toshkent shahar – 367 483 nafar;
- Toshkent viloyati – 365 544 nafar;
- Qashqadaryo viloyati – 357 362 nafar;
- Namangan viloyati – 313 241 nafar;
- Surxondaryo viloyati – 268 066 nafar;
- Buxoro viloyati – 253 604 nafar;
- Xorazm viloyati – 220 681 nafar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 215 679 nafar;
- Jizzax viloyati – 135 250 nafar;
- Navoiy viloyati – 134 829 nafar;
- Sirdaryo viloyati – 102 065 nafar.
Mavzuga oid
08:30 / 01.11.2024
Pensiya tayinlash va to‘lashda byurokratiya qisqartiriladi
07:20 / 30.10.2024
2025 yilda ish haqi va pensiyalarni oshirishga qancha mablag‘ ajratilishi ma’lum qilindi
14:39 / 28.08.2024
Mustaqillik bayrami munosabati bilan sentabr oyi pensiyasi oldindan to‘lab beriladi
11:24 / 22.08.2024