Namanganda Abu Nasr Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi
Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasidagi bebaho eksponatlar soni yana o‘ntaga ko‘paygan. Qazishma ishlarida nodir kitobdan tashqari XI va XIV asrga oid noyob qilich, Baqtriya va Xitoy tangalari ham topilgan.
Namanganda noyob qilichlar va Abu Nasr Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasidagi bebaho eksponatlar soni yana o‘ntaga ortgan.
Mutaxassislar tomonidan XI asrga oidligi aytilayotgan qilich jangdan chiqqan holatda saqlangan. U qattiq po‘latdan Axsikent temirchilari tomonidan yasalgan. Dunyo po‘lat markazi sifatida tan olingan Axsikentning yumshoq va qattiq po‘lati mashhur. Uning yaratilishi esa hozirgacha sir.
Ikkinchi qilich esa XIV asrga oid bo‘lib, uni Amir Temurning xos askarlari ishlatishgan.
Topilgan Baqtriya tangasi 475-600 yillarga, Xitoy tangasi esa XIX asrga oid. Uchta nodir kitob ilm-ma’rifatga, falsafa va tarixga oid bo‘lib, ularda noyob ilm bitilgan.
Mavzuga oid
16:39 / 15.11.2024
Namangan viloyat sudi raisi o‘rinbosarining qilmishi yashirilmoqda: yopig‘lik qozon yopig‘ligicha qoladimi?
18:08 / 17.10.2024
O‘zboshimchalik 6,5 yil qamoq va qariyb 7 mlrd so‘mga tushdi
13:34 / 07.10.2024
Turkiyada Islom Karimov haqida kitob nashr qilindi
12:19 / 07.10.2024