Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada chiqindi tashuvchi korxonalar aholiga 40 mlrd so‘m asossiz qarz yozgani aniqlandi
Raqobat qo‘mitasi o‘rganishidan keyin asossiz qarzdorliklar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilib berilishi ta’minlangan.
Farg‘ona viloyatida sanitar tozalash korxonalari iste’molchilarga asossiz qarzdorlik hisoblagani aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyatida sanitar tozalash korxonalari tomonidan 871 ta mahalla (3148,9 ming aholi)ga chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. Bu xizmatlar viloyatning 82 foiz mahallasi yoki 77,4 foiz aholisini qamrab olgan.
O‘rganish jarayonida 2023 yil hamda 2024 yilning 6 oyi davomida chiqindi tashish xizmatini ko‘rsatish uchun iste’molchi abonentlar-xonadonlarga hisoblangan qarzdorlik summalari tahlil qilingan. Tahlil natijalariga ko‘ra, 2023 yilda iste’molchi abonentlar xonadonlariga hisoblangan qarzdorlik summalari tarkibidagi ko‘rsatilmagan xizmatlar qismi uchun 767 068 ta xonadonda yashovchi 3 141 658 nafar iste’molchiga jami 30 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlik hisoblanganligi hamda ushbu ko‘rsatkichlar 2024 yiling 6 oyi davomida 784 095 ta xonadonda yashovchi 3 146 985 nafar iste’molchiga jami 10 mlrd so‘mga yaqin qarzdorlik hisoblanganligi ma’lum bo‘lgan.
Qo‘mitaning Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi sub’yektlar iste’molchilarga ushbu xizmat turini ko‘rsatilishi davomida “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun talablarini buzganligi aniqlangan. Hisoblangan 40 mlrd so‘mdan ortiq asossiz qarzdorliklar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilingan.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m
14:46 / 19.05.2025
Aviachiptalarning sun’iy taqchilligini keltirib chiqargan aviakompaniyalar javobgarlikka tortiladi
12:13 / 06.05.2025