Jamiyat | 08:03 / 10.07.2024
6520
2 daqiqa o‘qiladi

O‘rta Chirchiqda gaz ta’minoti bo‘limi bosh muhandisi pora bilan qo‘lga olindi

Bosh muhandis tumandagi non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish sexini gaz tarmog‘iga ulashga ruxsat berish evaziga 8 500 AQSh dollari olganda tezkor tadbirda ushlangan.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida gaz ta’minoti bo‘limi bosh muhandisi tezkor tadbirda qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “O‘rta Chirchiq tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi bosh muhandisi S.S. tezkor tadbirda 8 500 AQSh dollari pora bilan ushlangan. U ushbu pullarni tumandagi non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish sexini gaz tarmog‘iga ulashga ruxsat berish hamda elektron hisoblagich o‘rnatish evaziga pora tariqasida olayotgan bo‘lgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman gaz ta’minoti korxonasi bosh muhandisi S.S. protsessual tartibda ushlangan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq pul evaziga qarzdorliklarni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan Andijonda elektr tarmoqlari korxonasi elektromontyori, Toshkentda suv ta’minoti tashkilotining inspektori va Samarqandda “Hududgaz” xodimi tezkor tadbirlarda ushlangani xabar qilingandi

Mavzuga oid