Rossiya qo‘shini Toretskka yurish qilmoqda. Aviazarbalardan vayron bo‘layotgan shahar aholisi evakuatsiya qilinmoqda
Rossiya qo‘shini o‘tgan oy oxirlarida Donetsk oblastida yangi yurish boshlagandi — kutilmagan hujum davomida ular Toretsk shahri chekkalariga kirib kelishgan. Hududni shturm qilishda RF qurolli kuchlari ko‘p kilometrlik tunneldan foydalanishgan, bu yo‘lni ular Ukraina qurolli kuchlarining tayanch punktlari ostidan qazishgandi va endilikda ularning ortida paydo bo‘ldi.
Shahar kuchli darajada vayron qilingan, RF qo‘shini unga raketalar bilan zarba berishda, artilleriyadan o‘qqa tutishda hamda dronlar bilan hujum qilishda davom etmoqda. «Yerni, osmonni xudo bergan! Toptashdi! Hamma yoqni qonga belashdi! Butun yer yuzi qonga belanib yig‘lamoqda!» — degan mahalliy aholi vakillaridan biri «Ozodlik radiosi»da 9 iyul kuni e’lon qilingan reportajda.
Tinchlik davrida Toretskda 35 ming atrofida odam yashagan. Toretsk shahar harbiy ma’muriyati rahbari Vasiliy Chinchik 2024 yil iyul oyi boshida bergan ma’lumotga ko‘ra, Toretskda 4,5 mingga yaqin kishi qolgan. «Biz ularga qo‘limizdan kelganicha barchasini, turar joy, transport taklif qilamiz, barchasi bepul, ammo odamlar yerto‘lalarda yashirinib yotishni ma’qul ko‘rmoqda», — degan Reuters muxbiriga shahar ma’muriyati vakillaridan biri. Shunga qaramay, ayrimlarni Toretskdan ketishga ko‘ndirishning ham imkoni bo‘lmoqda. Ular zirhlangan avtomobillarda olib ketilmoqda, doimiy aviazarbalar xavfi tufayli odamlarni oddiy transportda tashish xavfli. «Men bu yerga qayta olmasligimizdan, keyin bizni buyoqqa hech kim o‘tkazmasligidan qo‘rqamiz», — degan Reuters muxbiri bilan suhbatda shaharda yashovchilardan biri.
Mavzuga oid
00:35
«Yevropadagi istalgan nishonni yo‘q qila oladi» – Putin «Oreshnik» yaratuvchilari bilan uchrashdi
22:08 / 23.11.2024
Putin Kursk oblastini qaytarish muddatini belgiladi - Zelenskiy
17:55 / 23.11.2024
WSJ: Ukraina o‘zining ballistik raketasini yaratish ustida ish olib bormoqda
13:12 / 23.11.2024