Toshkentda o‘quvchi qiz sinfdoshlari tomonidan ruhiy zo‘ravonlikka uchragani aniqlandi
Bolalar ombudsmani holatni o‘rgangan. Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan esa maktab mas’ul xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida o‘quvchi qiz sinfdoshlari tomonidan ruhiy zo‘ravonlikka uchragani aniqlandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bolalar ombudsmaniga joriy yilning 12 iyun kuni Toshkent shahrida yashovchi fuqaro G.X.dan murojaat kelib tushgan. Unda ayol 2008 yilda tug‘ilgan qizi A.T. Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 49-sonli maktabda sinfdoshlari tomonidan ruhiy zo‘ravonlikka uchraganini ma’lum qilgan.
Qizning onasi shuningdek, zo‘ravonlikni bartaraf etish yuzasidan maktab ma’muriyatiga qilgan murojaati e’tiborsiz qoldirilganini bildirib, maktab direktori va sinf rahbariga chora ko‘rilishini so‘ragan.
Bolalar ombudsmani Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yuborgan so‘rovi asosida mazkur holat o‘rganilib, Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan 49-sonli umumta’lim maktabi mas’ul xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.
Hozirda tekshiruv natijasiga muvofiq sinf rahbari E.U.ga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llangan. Shuningdek, maktab direktori R.N. esa ta’lim maskanida yuz bergan bunday vaziyatni boshqara olish malakasi yetarli emasligi sababli malaka oshirish uchun maxsus o‘quv kurslariga yo‘naltirilgan.
Mavzuga oid
19:44 / 18.11.2024
Xorazmda o‘quvchining onasi maktabga borib, o‘qituvchi ayolga tashlandi
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
16:55 / 15.11.2024
Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun imzolandi
22:39 / 13.11.2024