O‘zbekiston | 11:49 / 12.07.2024
7475
1 daqiqa o‘qiladi

«Andijon biokimyo zavodi» xususiylashtirildi

Zavoddagi 96 foizlik davlat paketi 101,3 mlrd so‘mga Jasmine Gold Group'ga sotildi. Spirt ishlab chiqaruvchi korxona o‘tgan yili 10,1 mlrd so‘m sof foyda ko‘rgan, sof aktivlari 71,5 mlrd so‘mni, jami majburiyatlari 17,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Foto: Andijon biokimyo zavodi

«Andijon biokimyo zavodi» AJ ustav kapitalidagi 96 foiz davlat aksiyalar paketi 101,3 mlrd so‘mga Jasmine Gold Group MChJga sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Ushbu jarayonga Abrau capital kompaniyasi xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida jalb etilgan.

Korxonani xususiylashtirish natijalari Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining tegishli qarori bilan ma’qullangan.

Ma’lumot uchun, 2023 yilda Andijon biokimyo zavodi tomonidan 1 mln dal spirt ishlab chiqarilgan bo‘lib, sof foydasi 10,1 mlrd so‘mni, sof aktivlari 71,5 mlrd so‘mni va jami majburiyatlari 17,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Mavzuga oid