O‘zbekiston | 07:30 / 12.07.2024
9793
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda o‘t o‘chirish mashinasi va Gentra ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Yong‘in sodir bo‘layotgani yuzasidan kelib tushgan chaqiruvga asosan Shayxontohur tumanida manzil tomon ketayotgan harakatlanib ketayotgan o‘t o‘chirish mashinasi Gentra bilan to‘qnashib ketgan. Gentra haydovchisi jarohatlangan.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida o‘t o‘chirish mashinasi va Gentra r ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, YTH 11 iyul kuni soat 16:30 larda Shayxontohur tumanining Alisher Navoiy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Olmazor tumani Muhokama ko‘chasidagi 14-uyda yong‘in sodir bo‘layotgani yuzasidan kelib tushgan chaqiruvga asosan mazkur manzil tomon harakatlanib ketayotgan 27 yoshli M.A. boshqaruvidagi yong‘in qutqaruv mashinasi hamda 2001 yilda tug‘ilgan S.F. boshqaruvidagi Gentra ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz bergan.

YTH oqibatida Gentra haydovchisiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentda uchta mashina ishtirokidagi YTHda yo‘lovchi ayol halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid