Donbassdagi ommaviy qabrlar va evakuatsiya. Urush suratlari
Ikki yil muqaddam Rossiya Severodonetskni egallagandi. Hozirda shahar uchun janglar vaqtida halok bo‘lgan tinch aholi vakillarining ommaviy qabrlari eksgumatsiya qilinmoqda
Severodonetsk Luhanskdan taxminan 70 kilometr masofada joylashgan. 2014 yilda, «LXR» Luhanskni egallaganida Luhansk oblastining Ukraina nazorati ostidagi qismining vaqtincha ma’muriy markazi Severodonetsk shahri bo‘lib qoladi. RF qurolli kuchlari Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlagach, 2022 yil martida mazkur shahar uchun ham janglar boshlanadi va bu harbiy harakatlar iyun oyi oxiriga qadar davom etib, yakunda Severodonetsk to‘lig‘icha Rossiya qo‘shini nazoratiga o‘tadi. Janglar vaqtida shahardagi qabristonlar muntazam ravishda o‘qqa tutilgan, shu tufayli halok bo‘lgan tinch aholi vakillari Severodonetsk chekkasidagi Lesnaya Dacha posyolkasidagi ibodatxona yaqiniga ko‘milgan. Shahar egallanganidan ikki yil vaqt o‘tib, 2024 yil iyul oyi boshida, Rossiya hukumati ommaviy qabrlardan 50 dan ortiq kishining jasadlarini chiqarib oldi, ularning aksari jarohatlardan vafot etgan. Rossiyaning TASS agentligi xabariga ko‘ra, ommaviy qabr 12 qatordan iborat bo‘lib, bu yerda jami 250 nafar atrofida odam ko‘milgan bo‘lishi mumkin. Eksgumatsiyadan keyin ekspertlar qurbonlarning shaxsini aniqlash maqsadida DNK namunalarini olishadi. Keyin ular qabristondagi alohida qabrlarda qaytadan dafn etiladi.
Donetsk oblasti Nyu-York posyolkasiga yurish. Ukrain harbiy kapellani va irland ko‘ngillisi tinch aholi vakillari va ularning itlarini evakuatsiya qilmoqda
Iyul oyi boshida Rossiya armiyasining bungacha Avdiyivka frontida harakatlangan yirik kuchlari qo‘shni Toretsk (sobiq Dzerjinsk) va uning ko‘plab yo‘ldosh posyolkalari tomon yurish boshladi. Endi muntazam zarbalar ostida qolgan bunday aholi yashash manzillari qatorida Toretskdan shimoli-g‘arbdagi Nyu-York posyolkasi ham bor, urushga qadar bu yerda roppa-rosa 11 ming kishi yashagan. Endi tinch aholi vakillari nisbatan xavfsiz joylarga evakuatsiya bo‘lmoqda, bunda ularga ko‘ngillilar yordam bermoqda.
Rossiya urushda kuniga 250 nafargacha odam yo‘qotmoqda. Noma’lum askarlar ommaviy qabrlarga dafn etilmoqda
«Meduza» va «Mediazona» nashrlari hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainadagi urushning qariyb ikki yarim yili mobaynida 120 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan. So‘nggi vaqtlarda RF qurolli kuchlari yo‘qotishlari faqat o‘sib bormoqda. Agar 2023 yil oxirida bunday yo‘qotishlar kuniga taxminan 120 kishini tashkil etgan bo‘lsa, hozirda — kuniga o‘rtacha 200–250 kishi halok bo‘lmoqda. Ukrainadagi urushda halok bo‘lganlarning dafn marosimlari Rossiyaning barcha regionlarida, shuningdek «LXR» va «DXR» nazorati ostidagi hududlarda ham bo‘lib o‘tmoqda.
Mavzuga oid
18:25
Ukrain harbiylariga Trampning inauguratsiyasigacha Kursk oblastidagi pozitsiyalarni ushlab turish buyurilgan
11:29
«Putin faqat kuchni tushunadi. Bayden hammasini aksincha qilgan» - Kurt Volker intervyusi
11:02
Germaniya kansleri Ukrainani NATOga qabul qilish bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmadi
10:16