Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga suiqasd uyushtirilganini qoraladi
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga saylovoldi uchrashuvda nutq so‘zlayotgan chog‘ida suiqasd uyushtirilganini chuqur xavotir bilan qabul qildi va keskin qoraladi. Prezident unga tez fursatda sog‘ayib ketishini tilagan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq prezidenti Donald Tramp Pensilvaniya shtatida saylovoldi uchrashuvda nutq so‘zlayotgan chog‘ida uning hayotiga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarni chuqur xavotir bilan qabul qildi.
Davlat rahbari matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, prezident ushbu zo‘ravonlik harakatini keskin qoralaydi va Donald Trampga tez fursatda sog‘ayib ketishini tilaydi.
Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp mahalliy vaqt bilan 13 iyul kuni Pensilvaniya shtati, Batler okrugidagi tarafdorlari ishtirokidagi mitingda chiqish qilayotganida suiqasd nishoniga aylandi. O‘qlardan biri uning qulog‘ini yalab o‘tgan. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lib, ikki kishi og‘ir tan jarohati olgan. Hujum qilgan shaxs yo‘q qilingan.
Trampning matbuot kotibi Stiven Chung uning ahvoli «yaxshi»ligi haqida ma’lumot bergan.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025