FTB: Trampga o‘q uzgan shaxs yolg‘iz o‘zi harakat qilgan
Donald Trampga o‘q uzilishi «ichki terrorizmning potensial harakati» sifatida baholanmoqda», deya ma’lum qildi Federal tergov byurosi.
AQSh sobiq prezidenti Donald Trampga o‘q uzilishi qotillikka urinish sifatida tekshirilmoqda, biroq ayni paytda ichki terrorchilikning potensial akti sifatida ham ko‘rilmoqda, deya ma’lum qildi 14 iyul, yakshanba kuni Federal tergov byurosi (FTB) direktorining aksilterror bo‘yicha o‘rinbosari Robert Uells.
Otishma qonuniy ravishda sotib olingan yarim avtomatik AR tipidagi miltiqdan amalga oshirildi. Federal tergov byurosi Trampni otgan 20 yoshli Tomas Metyu Kruksning yolg‘iz o‘zi harakat qilganini va uning sabablari noaniqligicha qolayotganini ta’kidladi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari Kruksning kelib chiqishi, kundalik faoliyati va ijtimoiy tarmoqlarini o‘rganmoqda, biroq hozircha «tahdid qiluvchi hech narsani sezmagan», dedi FTB direktori o‘rinbosari Pol Ebbeyt. Xizmat, shuningdek, Kruksning mobil telefoniga kirishga harakat qilmoqda.
Ebbeytning aytishicha, otishmadan keyin «onlayn zo‘ravonlik tahdidlari bilan bog‘liq ritorika ko‘paygan». Uning so‘zlariga ko‘ra, internetda otishma uyushtirgan shaxsga taqlid qilayotgan yoki o‘zini ko‘rsatishga urinayotganlar paydo bo‘lgan.
Pensilvaniyada Donald Trampga suiqasd
AQSh sobiq prezidenti, respublikachi Donald Trampga 13 iyul kuni Pensilvaniya shtatining Batler shahrida saylovoldi tashviqoti mitingidagi nutqi vaqtida o‘q uzildi. O‘q siyosatchi qulog‘ining tepa qismiga tegdi. Otishma natijasida 50 yoshli erkak halok bo‘ldi, yana ikki miting ishtirokchisi yaralandi. Ularning ahvoli barqaror, dedi Pensilvaniya shtati politsiyasi. Hujumchi Pensilvaniya shtati Betel-Park shahrida istiqomat qiluvchi 20 yoshli Tomas Metyu Kruks ekanligi aniqlangan, u xavfsizlik kuchlari tomonidan otib o‘ldirilgan.
Bir qator jahon siyosiy yetakchilari Donald Trampga qilingan suiqasdni qoralab, hamdardlik bildirdi.
Mavzuga oid
13:30
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
17:00 / 09.11.2024
The Telegraph: Tramp rejasi Britaniya qo‘shinlarini Ukraina chegarasiga joylashtirishni nazarda tutadi
15:09 / 09.11.2024
YeK rahbari Trampga RF gazini Amerika gaziga almashtirishni taklif qildi
13:48 / 09.11.2024