O‘zbekiston | 18:05 / 15.07.2024
29199
2 daqiqa o‘qiladi

Qishloqliklarni «jirkanch maxluqot» deb atagan qiz jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqda qishloqliklarni haqorat qilgan qiz ma’muriy jazoga tortildi. Sud unga qilmishi uchun 6,8 mln so‘m jarima tayinlagan.

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda qishloqliklarni haqorat qilgan qizning videolavhasi tarqaldi. U qishloqliklarni jirkanch mahluqot deb atagan.

Qishloqliklar odam emas. Ular jirkanch maxluqot. Toshkentga kelib olib, aqlli tutishadi. Shunaqa yomon ko‘rib ketaman. Qishloqi bo‘lib tug‘ilgan ular, yig‘lashi kerak”, degan u.

Huquqbuzar qizga nisbatan sud ishi bo‘lib o‘tdi. U sudda qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, haqorat faqatgina bir shaxsga qaratilganligini ma’lum qilgan.

Bu voqea 2023 yil oktyabr oylarida bo‘lgan. Bitta shaxs onamni haqorat qilgan, shaxsiyatimga tekkan. Shuning uchun bu so‘zlarni ijtimoiy tarmoqdagi sahifamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida o‘sha shaxsga nisbatan aytganman. Bu uchun tegishli joylarda javob berib bo‘lganman. Eski videoni kesib, bo‘rttirma so‘zlar bilan tarqatib yuborishdi”, deya ta’kidlagan u sudda.

Sud qarori bilan qiz Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasida (Haqorat qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan BHMning 20 baravari miqdorida (6,8 mln so‘m) jarima jazosi tayinlangan.

Oldinroq viloyatliklarni haqoratlagan qiz 15 sutkaga qamalgandi.

Mavzuga oid