Toshkent viloyatida ikki fuqaro 917 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Bo‘stonliq tumanida 2 nafar fuqaro 917,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
«O‘zenergoinspeksiya» Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor nazorat tadbirlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, Bo‘stonliq tumanida fuqaro Sh.D. Besh tut mahallasida joylashgan turar joyning elektr hisoblagichi «elektrhisob» dasturida yo‘qligi sababli hamda hisoblagich muhrlanmasdan tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 745,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Shu kabi, Bo‘stonliq tumanida fuqaro K.X. Sharq Archa bog‘i hududida joylashgan turar joyning elektr hisoblagichi «elektrhisob» dasturida yo‘qligi sababli o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda tarmoqqa ulanib, 171,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Mavzuga oid
07:46 / 21.11.2024
Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
08:51 / 20.11.2024
To‘rt tumanda 614 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
08:10 / 20.11.2024
Salkam 1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi
08:50 / 19.11.2024