Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Respublikachilar milliy qurultoyi yaqinida qurollangan shaxs otib o‘ldirildi
Noma’lum shaxs pichoq bilan politsiyachiga qarata yuzlanganida yo‘q qilingani ta’kidlanmoqda.
Miluoki shahrida o‘tkazilayotgan Respublikachilar partiyasining qurultoyi vaqtida pichoq bilan qurollangan erkak xavfsizlikni ta’minlagan politsiyachi tomonidan otib o‘ldirildi. Bu haqda Anadolu yozdi.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Qurultoy vaqtida xavfsizlikni ta’minlash uchun Ohayo shtatidan kelgan politsiya xodimi voqea joyi yaqinida shubhali odamni payqagan. Guvohlarning aytishicha, erkak ikki pichoqni ushlab, politsiyachiga qaratgan. O‘z navbatida, xavfsizlik xodimi uni otib tashlagan.
13 iyul kuni AQSh sobiq prezidenti Donald Trampga saylovoldi tashviqoti chog‘ida suiqasd sodir etilgan edi.
16 iyul kuni Tramp Respublikachilar partiyasining milliy qurultoyida ishtirok etdi va rasman prezidentlikka nomzod sifatida e’lon qilindi.
Tramp 18 iyul kuni qurultoyda nutq bilan chiqishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
10:23 / 28.05.2025