O‘zbekiston | 14:00 / 18.07.2024
673
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Kipr biznesi bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqchi

O‘zbekiston TIVda Kipr Respublikasi biznesi bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Kipr Respublikasi Savdo-sanoat palatasi prezidenti Stavros Stavrou bilan uchrashuv o‘tkazdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda iqtisodiy diplomatiyani faol rivojlantirish, savdo-sanoat palatalari o‘rtasida hamkorlikni o‘rnatish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Shu nuqtayi nazardan, mamlakat bozoriga kirishga qiziqish bildirgan Kipr Respublikasining yetakchi kompaniyalari vakillarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etishga o‘zaro tayyorlik bildirildi.

Tomonlar, shuningdek, "yashil" energetika, to‘qimachilik, turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish kabi sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini ham muhokama qildilar.

Mavzuga oid