Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari hamkorlikka oid 16 ta hujjatni imzoladi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolangan hujjatlar e’lon qilindi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov o‘rtasida Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida ikki tomonlama ko‘plab hujjatlar imzolandi.
Jumladan, davlat rahbarlari keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonotni imzoladilar.
Tashrif davomida 16 ta hujjat imzolandi, jumladan:
- Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati hududida joylashgan kurort-hordiq xo‘jaligi obektlari bo‘yicha hukumatlararo bitim;
- Fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;
- O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risida bayonnoma;
- Qurilish faoliyati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- Mehnat, aholi bandligi va migratsiya sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- Madaniyat va san’at sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- Davlat xizmati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- 2024-2030 yillarda o‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
- 2024-2026 yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi;
- 2024-2026 yillarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»;
- 2024-2026 yillarda Toshkent va Bishkek shaharlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
- O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Qirg‘iziston prezidenti huzuridagi Strategik tashabbuslar milliy instituti o‘rtasidagi memorandum va boshqalar.

Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025