Rossiyaning yana bir hududida migrantlarga taksi, umumiy ovqatlanish va savdo sohasida ishlash taqiqlandi
Yil boshidan buyon 20 ga yaqin hududda xorijliklarning mehnatiga cheklovlar joriy etildi.
Rossiyaning Tomsk viloyati gubernatori Vladimir Mazur 1 noyabrdan boshlab mintaqadagi mehnat migrantlari faoliyatini cheklovchi farmonni imzoladi.
Mazurning 18 iyul kuni ijtimoiy tarmoqda xabar berishicha, bu masala «antiterror komissiyasida milliy diaspora vakillarining bevosita ishtirokida» muhokama qilingan.
Tomsk viloyati ma’muriyati mehnat patentiga ega xorijliklarga oziq-ovqat ishlab chiqarish va taom tayyorlash, chakana savdo, taksida yo‘lovchi tashish, shahar va shahar atrofi transporti, mehmonxona va restoran biznesi, kadrlar tanlash, xavfsizlikni ta’minlash, umumiy, kasb-hunar va oliy ta’lim, jismoniy tarbiya va sport sohalarida ishlashni taqiqladi.
Viloyat rahbari hududiy korxonalarni «o‘z xodimlari tarkibini yangi qoidalarga muvofiqlashtirishga» chaqirdi.
Rossiya hududlarida 2015 yildan boshlab migrantlar mehnatiga cheklovlar joriy etilmoqda, dastlab bunday qarorni Perm o‘lkasi va Mari-El Respublikasi hukumatlari qabul qilgan.
Hozirgi vaqtda cheklovlar Rossiyaning taxminan har uchinchi mintaqasida qo‘llaniladi. 2024 yilda Rossiyaning 17 ta hududida cheklovlar (shu jumladan Tomsk viloyati) joriy etildi: Trans-Baykal o‘lkasi, Nenets avtonom okrugi, Nijniy Novgorod, Smolensk, Samara, Kemerovo, Voronej, Tula, Magadan, Kurgan, Novosibirsk, Novgorod, Kursk, Saratov, Lipetsk va Kostroma viloyati. Bundan tashqari, anneksiya qilingan Qrimda ham migrantlarning mehnatiga cheklovlar joriy etilgan. Aksariyat hududlarda migrantlarga taksi sohasida ishlash taqiqlangan.
Mavzuga oid
23:22 / 22.11.2024
KXDR o‘z askarlarini Ukraina urushiga yuborgani evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan
21:54 / 22.11.2024
«Krepkiy oreshnik»: Putin tutib qolish imkonsiz ekanini aytgan yangi raketa haqida nimalar ma’lum?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
20:12 / 22.11.2024