Rostov viloyatida elektr energiyasi iste’moliga cheklov kiritildi
Energiya iste’moliga yangi cheklovlar kiritilishiga tarmoqlarning ortiqcha yuklanishi sabab bo‘ldi, deb xabar qildi Rostov viloyati gubernatori.
Rostov viloyatida yuqori voltli liniyaning haddan tashqari yuklanishi sababli iste’molchilarni elektr ta’minotidan vaqtincha uzib qo‘yish jadvallari joriy etildi, deb xabar qildi viloyat gubernatori Vasiliy Golubev 17 iyul, chorshanba kuni. Uning so‘zlariga ko‘ra, cheklovlar Moskva vaqti bilan soat 12.20 dan boshlab kuchga kiradi.
"Afsuski, bu uzilishlar tizimi shunday aralashib ketganki, elektr ta’minotida uzilishlar qayerda va qancha vaqt davomida sodir bo‘lishini oldindan aytib bo‘lmaydi", - deb yozdi Golubev Telegram-kanalida.
Rostov viloyati sanoat va energetika vaziri Andrey Savelevning so‘zlariga ko‘ra, elektr ta’minotini tiklashning taxminiy vaqti - Moskva vaqti bilan soat 18.00.
Rostov AESning o‘chirilgan energobloki yana ishlay boshladi
Kuni kecha, 16 iyulda Rossiya janubidagi eng yirik atom elektr stansiyasi – Rostov AESda turbogeneratordagi muammolar tufayli energiya bloklaridan biri avtomatik ravishda tarmoqdan uzildi. Avariya natijasida Rossiya janubidagi bir qancha hududlarda, shuningdek, Qrimda elektr energiyasi iste’moliga cheklovlar joriy etildi.
Keyinchalik Rossiya janubidagi iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash tiklandi. "Rosenergoatom" xabar berganidek, Rostov AESning uzilgan energobloki kechqurun ishga tushirildi va erta tongdan boshlab 1000 MVtlik to‘liq quvvatda ishlay boshladi.
Mavzuga oid
07:46 / 21.11.2024
Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
08:51 / 20.11.2024
To‘rt tumanda 614 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
08:10 / 20.11.2024
Salkam 1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi
08:50 / 19.11.2024