Ukraina va Rossiya yangi asirlar almashinuvini amalga oshirdi
Kiyev va Moskva ikki tomondan 95 nafar asirni qaytardi. Almashinuv BAA vositachiligida amalga oshirildi.
Ukraina va Rossiya navbatdagi harbiy asirlar almashinuvini amalga oshirdi, uning davomida har bir davlatning 95 nafar fuqarosi ozod etildi. Bu haqda 17 iyul, chorshanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligi va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi.
Almashinuv Birlashgan Arab Amirliklari vositachiligida amalga oshirildi. Rossiya harbiy departamenti bayonotida aytilishicha, ozod etilgan harbiy xizmatchilar «Rossiya Mudofaa vazirligining tibbiyot muassasalarida davolanish va reabilitatsiyadan o‘tish uchun» harbiy transport samolyotlarida Moskvaga yetkaziladi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, shuningdek, chegarachilar Ukrainaga qaytgan. «Qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz asirlikda bo‘lishi mumkin bo‘lgan barchani qidiramiz», — deb yozdi u Telegram'da.
Bu - urush boshlanganidan beri 54-asirlar almashinuvi
Bu 2022 yilning fevralida Rossiyaning Ukrainaga to‘liq miqyosli harbiy hujumi boshlanganidan beri sodir bo‘lgan 54-asir almashinuvidir, deya qayd etadi Ukraina harbiy asirlar bilan ishlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtab. Unga ko‘ra, jami 3405 kishi asirlikdan Ukrainaga qaytarilgan.
Iyun oyida bo‘lib o‘tgan, BAA ko‘magida tashkil etilgan avvalgi almashuv davomida Rossiya va Ukraina har biri 90 nafar asirni qaytargan.
Mavzuga oid
13:37
Rossiyaning yirik chakana savdo tarmog‘i O‘zbekiston mahsulotlarini eksport qilmoqchi
13:17
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
08:45
Merkel Ukrainada urushdan chiqishning yo‘llari haqida ma’lum qildi
22:25 / 24.11.2024