Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston va O‘zbekiston mahkumlarni topshirish bo‘yicha shartnoma imzoladi
Ushbu kelishuv ikki davlat o‘rtasida mahkumlarni topshirish masalalarida hamkorlikni shakllantirish va mustahkamlashga qaratilgan.
18 iyul kuni Qirg‘iziston bosh prokurori Maqsat Asanaliyev va O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarni jazoni davom ettirish uchun topshirish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. Bu haqda Qirg‘iziston Bosh prokuraturasiga tayanib Kaktus.media xabar berdi.
«Ushbu kelishuv ikki davlat o‘rtasida mahkumlarni topshirish masalalarida hamkorlikni shakllantirish va mustahkamlashga qaratilgan. Ushbu hujjatning imzolanishi Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ishonch va o‘zaro hamkorlikning yuksak darajasidan dalolat beradi», deyiladi xabarda.
Hujjat Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida imzolandi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025