Hindistonda Chandipura virusidan 32 kishi halok bo‘ldi
Chandipura o‘lim darajasi 56-75 foizni tashkil etadigan xavfli virus hisoblanadi.
Hindistonning Gujarat shtatida Chandipur virusi keltirib chiqaradigan o‘tkir ensefalit kasalligi ko‘paymoqda. Bu haqda The Times of India xabar berdi.
Shtat Sog‘liqni saqlash departamenti 21 iyul kuni virus aniqlangan 13 nafar bemor va 5 kishining o‘limi haqida xabar berdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, virus yuqqanlar soni 84 nafarga, vafot etganlar soni esa 32 nafarga yetgan.
2003-2004 yillarda Markaziy Hindistonda xuddi shunday epidemiya paytida o‘lim darajasi 56-75 foizni tashkil etgan edi.
Chandipura virusi birinchi marta 1965 yilda Maxarashtra shtatining Nagpur tumanida aniqlangan. Avvalroq Andxra-Pradesh, Maxarashtra, Odisha va Gujaratda bir nechta epidemiyalar qayd etilgan.
Hindiston Pediatriya Akademiyasi rahbari doktor Vasant Xalatkarning aytishicha, virusga tashxis qo‘yish qiyin. Kasallik asosan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ta’sir qiladi.
Virus chivin chaqishi orqali yuqadi. Kasallik Hindistonning ba’zi qismlarida endemik bo‘lib, epidemiyalar asosan chivinlar populyatsiyasi eng yuqori cho‘qqiga chiqqan musson fasllarida va undan keyin qayd etilgan.
Alomatlar orasida yuqori isitma, bosh og‘rig‘i va konvulsiyalar mavjud. Bu alomatlar nevrologik asoratlar, koma va hatto o‘limga olib kelishi mumkin.
Virusdan himoyalanish, birinchi navbatda, chivin chaqishi oldini olish bo‘yicha profilaktika choralarini o‘z ichiga oladi, bu virus tarqalashining asosiy usuli.
Mavzuga oid
20:58 / 19.11.2024
Putin Hindistonga boradi
16:43 / 17.11.2024
Hindiston birinchi gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
16:50 / 16.11.2024
Hindistonda havo ifloslanishi kuchayib ketganidan Toj Mahal ko‘rinmay qoldi
17:36 / 14.11.2024