O‘zbekiston va Vengriya raqamli texnologiyalar sohasida strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi mumkin
Budapeshtda raqamli texnologiyalar sohasida strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriyaning Neteyes Kft. kompaniyasi bosh menejeri Tibor Yanit bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Suhbat chog‘ida raqamli texnologiyalar va innovatsion loyihalar sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Neteyes bosh menejeri Tibor Yanit IT-Park rahbariyati bilan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi. U, shuningdek, o‘z kompaniyasining O‘zbekistonda raqamli infratuzilmani mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va yangi loyihalarni ishlab chiqishga qaratilgan innovatsion loyiha va tashabbuslarda ishtirok etishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
O‘zbekiston elchisi Neteyes Kft. kabi xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik raqamli rivojlanish va har ikki tomon uchun yangi imkoniyatlar yaratishda katta ahamiyatga ega ekanini aytib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, sheriklik aloqalarini o‘rnatish va mustahkamlash bo‘yicha aniq rejalarni ishlab chiqish to‘g‘risida kelishib oldilar.
Mavzuga oid
16:59 / 18.11.2024
AQShdan Xitoygacha 40 daqiqada: Ilon Mask samolyotlarni raketalarga almashtirmoqchi
10:44 / 17.11.2024
Millatlar ligasida fors-major. Vengriya murabbiyi hushini yo‘qotdi, Ruminiya va Kosovo o‘yinida siyosiy mojaro
14:28 / 16.11.2024
Buyuk Britaniyada firibgarlarni aldovchi “neyron buvi” ishga tushirildi
16:54 / 13.11.2024