Farg‘ona tumanidagi kuchli sel oqimi ko‘chalarni qum-shag‘alga to‘ldirdi
25 iyul kuni kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘ishi oqibatida Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani qishloqlarida sel oqimi yuz berdi.
O‘zgidromet xabariga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida jabrlanganlar bo‘lmadi, biroq, ba’zi uy-hovlilar va ko‘chalar qum-shag‘alga to‘ldi.
Jumladan, Farg‘ona tumani, Shohimardon mahallasi hududida joylashgan Qurkul sel yo‘lidan soat 15:30 da 1,5-2 m3/s sel oqimi vujudga kelib, aholi va hududlarga zarar yetkazmagan.
Farg‘ona tumani, Shohimardon qishlog‘i tog‘-adirliklaridan soat 15:30 da kuchli jala va do‘l yog‘ishi oqibatida 4-5 m3/s sel oqimi vujudga kelib, qishloq vrachlik punkti hovlisi hamda 4 ta aholi hovli joylarini qum-shag‘al bilan to‘ldirgan.
Farg‘ona tumani, Yordon mahallasi hududida joylashgan Bukan sel yo‘lidan soat 15:30 da 1,5-2 m3/s sel oqimi vujudga kelib, aholi va hududlarga zarar yetkazmagan.
Ta’kidlanishicha, hozir FVV xodimlari tomonidan hududni tozalash ishlari olib borilmoqda, aholi orasida jabrlanganlar yo‘q.
Mavzuga oid
19:02
Farg‘ona aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi
11:28
Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda voyaga yetmagan qiz halok bo‘ldi
10:16 / 12.11.2024
Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan ayolga hukm o‘qildi
20:46 / 07.11.2024