Polsha O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi
Polsha farmatsevtika sanoati uyushmasi prezidenti boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keldi.
Polsha farmatsevtika sanoati uyushmasi prezidenti Kshishtof Kopets boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Delegatsiya tarkibiga Polpharma Group va Adamed kabi Polshaning eng yetakchi farmatsevtika kompaniyalari vakillari kiritilgan.
Polsha tomoni safar davomida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazadi va Tashkent Pharma Park klasteri faoliyati bilan tanishadi.
Mamlakatning Varshavadagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, tashrifdan maqsad O‘zbekistonda Polpharma Group va Adamed kabi yetakchi kompaniyalar bilan birgalikda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat.
Mavzuga oid
23:47 / 23.11.2024
Lukashenko polshalik qochoq sudyaga boshpana taqdim etdi
19:14 / 23.11.2024
Polshalik fermerlar Ukraina bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktini to‘sib qo‘ydi
16:02 / 20.11.2024
Varshava ko‘chalaridagi o‘limlar 2 barobarga kamaytirildi: qanday qilib?
17:57 / 19.11.2024