Soxta havola yuborib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan 19 yoshli shaxs aniqlandi
Gumonlanuvchi internet foydalanuvchilariga Telegram orqali turli xil mazmunidagi xabarni (havola) jo‘natib, ularni qiziqtirib, bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali bank kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlagani ma’lum bo‘ldi.
Toshkent shahrida yashovchi 21 yoshli ayol T.B. ichki ishlarga murojaat qilib, bank kartasidan 10 mln 336 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi 19 yoshli A.B. sodir etgani aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan A.B. internet foydalanuvchilariga Telegram orqali turli xil mazmunidagi xabarni (havola) jo‘natib, ularni qiziqtirib, bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali bank kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlab, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
15:14 / 06.09.2024
Rossiyada salkam 50 mln so‘m pulini ololmagan o‘zbekistonliklar ish haqi undirib berildi
16:07 / 22.08.2024
Muomaladagi naqd pul miqdori birinchi marta 50 trln so‘mdan oshdi
08:05 / 25.07.2024
Toshkentda fuqaroning suratini “firibgar” yozuvi bilan tarqatishini aytib, undan pul talab qilgan shaxs ushlandi
07:20 / 22.06.2024