Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorning 7000 dollarini qo‘lga kiritgan elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi ushlandi
Urgut tumanida tadbirkorning 7000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, Urgut tumani elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi A.N. (muqaddam sudlangan) Z.H. MChJ hisobchisi F.N.ning ishonchiga kirib, ushbu MChJning quruq mevani qayta ishlash faoliyati uzluksiz ishlashi uchun 14 000 AQSh dollari evaziga alohida elektr tarmog‘ini tortib, yangi transformator o‘rnatishi hamda tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berishini va’da qilib, shundan 7000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Shuningdek, tekshiruv davomida A.N.tomonidan 7000 AQSh dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:52 / 27.05.2025
1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi
08:40 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
13:56 / 02.05.2025
1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi
11:55 / 28.04.2025