Toshkent viloyatida 900 mln so‘mlik psixofaol dorilarni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Toshkent viloyati IIBB, DXX va prokuratura xodimlari bilan hamkorlikda katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Viloyat IIBB xabariga ko‘ra, Toshkent tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro nazoratdagi xaridorga 70 dona “Aminometil” hamda 3 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 4 mln 300 ming so‘mga sotayotgan vaqtida ushlandi.
Uning yonidan yana shu kabi 7 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari daliliy ashyo sifatida olingan.
Surishtiruvlar davomida aniqlanishicha, mazkur dorilarni nazoratdagi xaridorga 1981 yilda tug‘ilgan shaxs yetkazishi kerak bo‘lgan. Ammo ota bu ish uchun 18 yoshli o‘z farzandini yuborgan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, ota-bolaning yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi. Natijada 9,8 ming dona “Zardeks”, 250 dona “Aminometil” hamda 15 dona “Tropikamid” (qora bozordagi narxi 857 mln so‘mlik) kuchli ta’sir qiluvchi, psixofaol dori vositalari sotish maqsadida xonadonda saqlanayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.
Holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 251/1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:23 / 21.11.2024
Toshkent viloyatida hojatxona uchun qazilgan chuqurga tushib ketgan fuqaro qutqarildi
11:05 / 21.11.2024
Qimmat sotilgan dorilar tufayli iste’molchilarga 7 mlrd so‘m qaytarildi
14:12 / 15.11.2024
Dilshod Sultonov shahar hokimligidan ham ketdi
09:10 / 15.11.2024